Jahon | 16:50 / 27.02.2023
11544
2 daqiqa o‘qiladi

London frontdan uzoqda joylashgan Mariupolda portlashlar ko‘payganini ma’lum qildi

Foto: AP

Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter’da Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyat bo‘yicha har kungi sharhida Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘lga kiritilgan Mariupolda tez-tez portlashlar sodir bo‘layotganini ma’lum qildi

21 fevraldan beri Rossiya rasmiylari front chizig‘idan kamida 80 kilometr uzoqlikda joylashgan shahar atrofida 14 ta portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar beradi London. 

Boshqa narsalar qatorida, Rossiya harbiy baza sifatida foydalanadigan aeroportdagi o‘q-dorilar ombori, ikkita yonilg‘i ombori va po‘lat zavodida sodir bo‘lgan hodisalar haqida xabarlar bor. 

Britaniya harbiy razvedkasiga ko‘ra, bu «tushunib bo‘lmaydigan portlashlar» hududni Ukraina kuchlari zarbalari uchun o‘tib bo‘lmaydigan deb baholagan Rossiyani tashvishga solishi mumkin. 

«Mariupol urush boshida qattiq vayron qilinganiga qaramay, u Rossiya uchun juda muhim, chunki 2022 yilda bosib olingan eng yirik shahar bo‘lib, u hanuzgacha Rossiya tomonidan nazorat qilinadi va muhim logistika yo‘nalishida joylashgan», deya qayd etgan Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi.

Mavzuga oid