O‘zbekiston | 10:39 / 01.03.2023
8889
1 daqiqa o‘qiladi

Flynas Jidda va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Flynas aviakompaniyasi Jidda - Toshkent - Jidda yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yilning 27 martiga mo‘ljallangan.

Foto: Uzbekistan Airpors

Reyslar Airbus A320neo samolyotlarida haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya 2022 yil sentabridan Jidda — Toshkent — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha Bokuga texnik qo‘nish bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshirmoqda. Ushbu reyslar 2023 yilning 24 martigacha amalga oshiriladi, shundan so‘ng aviatashuvchi yangi parvozlar jadvaliga o‘tadi.

Flynas — Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan. Flynas World Travel Award va Skytrax tomonidan Yaqin Sharqning yetakchi arzon aviakompaniyasi deb topilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid