Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2 mart kuni chaqiriladi
28 fevral kuni Senat Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Foto: Kun.uz
Majlisda Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisini 2023 yilning 2 mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Qayd etilganidek, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
“Raqobat to‘g‘risida”gi, “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
“O‘zbekiston Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi, “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Senatorlar Oliy Majlis Senatining 2022 yildagi faoliyati va 2023 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari borasidagi masalani ko‘rib chiqadi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktorining O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitadi.
Yalpi majlisda Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025