Jahon | 08:42 / 02.03.2023
4043
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Boshqa davlatlar «Havana sindromi»ga aloqador emas

Amerika razvedkasi «Havana sindromi» xorijiy razvedka agentliklari hujumlari natijasi ekanligiga hech qanday dalil topmadi. Katta ehtimol bilan, uning namoyon bo‘lishiga boshqa omillar sabab bo‘lgan, dedi AQSh Milliy razvedkasi rahbari.

Foto: Izvestiya

AQSh razvedka xizmatlarining tekshiruvlari «Havana sindromi» - eshitish va ko‘rishning buzilishi, kuchli bosh og‘rig‘i, muvozanatni yo‘qotish va amerikalik diplomatlarning turli mamlakatlarda ko‘rish qobiliyatining buzilishi holatlari - xorijiy razvedka agentliklarining hujumlari natijasi ekanligiga hech qanday dalil topmadi. Bu haqda 1 mart, chorshanba kuni Milliy razvedka direktori Avril Xeyns ma’lum qildi.

Uning ABC News tomonidan keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, «Havana sindromi»ning namoyon bo‘lishiga boshqa sabablar - yashirin kasalliklar yoki «atrof-muhit omillari» sabab bo‘lgan. Xeynsning aytishicha, diplomatlarda bu alomatlar qasddan, shu jumladan, har qanday qurol yordamida paydo bo‘lganligi haqida hech qanday dalil topilmadi.

Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning ta’kidlashicha, taqdim etilgan baho «ikki yildan ortiq puxta va mashaqqatli ma’lumot yig‘ish, tergov faoliyati va tahlil qilish» natijasidir. Uning so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlar boshqaruv tarixidagi «eng katta va jadal ishlardan biri»dir.

Ammo firmasi Havana sindromi qurbonlarining o‘nlab vakillarini himoya qiladigan advokat Mark Zayed ABC News'ga tergov natijalari «yetarlicha shaffof emas»ligini aytdi. «Biz taklif etilayotgan xulosalarning to‘g‘riligiga hali ham shubhamiz bor», — dedi u.

«Havana sindromi»ning birinchi holatlari 2016 yilda Kubadagi diplomatlar orasida aniqlangan. O‘nlab kanadalik va amerikalik diplomatlar, shuningdek, ularning Havanadagi qarindoshlari charchoq, bosh og‘rig‘i, ko‘rish va eshitish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan. Bu voqea bir yil o‘tib, AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp amerikalik diplomatlarning aksariyatini Kubadan olib chiqib ketganidan so‘ng keng ommalashdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid