Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritilishini ma’qulladi
Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimcha kiritish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilinishini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati yuzaga kelayotganligi qayd etildi. Qonun aholi va tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlarini tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlashi senatorlar tomonidan alohida ta’kidlandi.
Qonun bilan davlat boji stavkalarining miqdorlariga qo‘shimcha kiritilmoqda. Fuqarolar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda belgilangan davlat boji stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lashi belgilanmoqda. Bunda qolgan qismi belgilangan tartibda ishni ko‘rish natijasi bilan undiriladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
12:15 / 15.05.2025
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
12:00 / 12.05.2025
AQSh va Xitoy Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topganini e’lon qildi
09:32 / 09.05.2025