Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi – AQSh
Davlat departamenti Eron yadro dasturi bo‘yicha muammo diplomatiya yo‘li bilan hal etiladi, deb hisoblaydi.
Qo‘shma Shtatlar Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays aytib o‘tdi.
Avvalroq, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) inspektorlari Eroning Fordo yer osti atom zavodida 83,7 foizgacha boyitilgan uran zarralari topilgani haqida hisobot bergan edi.
«Prezident (Jo) Bayden Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi haqida jiddiy va qat’iy va’da berdi. Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz», dedi diplomat bu hisobotga munosabat bildirish chog‘ida.
Prays Eron yadro dasturini barqaror hal qilish yo‘li diplomatiya orqali bo‘lishini yana bir bor ta’kidladi.
«Biz Eron yadro dasturi tufayli yuzaga kelgan muammoga barqaror yechim topishga intilamiz. Biz diplomatiya bunga erishishning eng samarali usuli ekanligiga ishonishda davom etamiz. Ammo biz Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi uchun barcha zarur vositalarni ishga solishimiz aniq», dedi Prays.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025