O‘zbekiston | 12:59 / 04.03.2023
5224
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Kun.uz

Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi 9 martdan boshlab haftaning payshanba kunlarida qo‘shimcha tarzda qatnaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Unga ko‘ra 9, 16, 23, 30 mart kunlari mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar amalga oshiriladi. Jumladan, 60-sonli poyezd Toshkent markaziy vokzalidan 07:55 da yo‘lga chiqib, Andijonga 13:56 da yetib borishi ma’lum qilingan.

Chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Shuningdek, to‘liqroq ma’lumot uchun Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalariga murojaat qilish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid