Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi maktabda yaroqsiz doskada dars o‘tilgani aniqlandi
Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qilgan.
Internetda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi maktablarning birida bolalarga siniq doskada dars o‘tilayotgani aks etgan surat tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat tumanning «Cho‘yantepa» MFY Mo‘g‘il qishlog‘idagi 13-maktabda sodir bo‘lgan. 13-umumta’lim maktabining 3 ta binosi mavjud bo‘lib, 1- bino 1972 yilda qurilgan (ayni paytda omborxona sifatida foydalanadi), 2- bino 2005 yilda hashar yo‘li bilan (420 o‘rinli) qurilgan, 3- bino esa 2018 yilda investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan (420 o‘ringa ega 14 ta o‘quv xonalari mavjud).
Maktab 2021 yilda joriy ta’mirdan chiqqan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda surati tarqalgan doska darz ketgan surati maktabning fizika fani o‘qituvchisi tomonidan 3 mart kuni muammoni bartaraf etish maqsadida maktab o‘qituvchilari guruhiga yuborilgan.


«Ayni damda maktabdagi yaroqsiz doska yangisiga almashtirilgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025