Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘cha tarbiyachilarining yanvar va fevral oyi uchun maoshlari bosqichma-bosqich to‘lanadi
Kun.uz'da bir nechta hududda oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha tarbiyachilari 3 oydan buyon maosh olmayotgani haqida maqola e’lon qilingandi. Vazirlik maqolaga munosabat bildirdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining munosabatiga ko‘ra, yanvar oyidagi anomal sovuq vaqtida bog‘chalarga, xususan, DXShMTT va ONMTTga e’lon qilingan ta’til vaqtlarining turlicha bo‘lgani bois shu oylarda subsidiya hisoblanmagan.
«Hududiy hokimliklarning bu masaladagi bayonlari (qarorlari) turlicha tasdiqlanib, ularda ta’tilning boshlanish sanasi va uning davomiyligi belgilanmagan, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish sanalari turlicha ko‘rsatilgan yoki aniq ko‘rsatilmagan (misol uchun, xonalarda havo harorati +20 darajadan yuqori bo‘lgan MTTlar bosqichma-bosqich faoliyatini boshlashiga ruxsat etilgan).
Bunday holatda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat MTTga qonunchilikda belgilangan ish haqi xarajatlarini qoplashga yanvar oyi uchun subsidiya hajmini aniq hisoblash imkoni bo‘lmadi», deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, 10-31 yanvar davri uchun (bu davrda xodimlarning elektron davomatini yuritishidan qat’i nazar) DXSh hamda oilaviy nodavlat bog‘chalarining boshqarish axborot tizimiga kiritilgan xodimlari uchun ish haqi subsidiyalari to‘liq hisoblangan va 6 martdan boshlab bosqichma-bosqich to‘lab boriladi.
Shuningdek, vazirlik qator DXSh va oilaviy nodavlat bog‘cha rahbariyatlaridan o‘z xodimlarining bank plastik kartalari va boshqa zarur ma’lumotlarini zudlik bilan NMTTBATga kiritishni so‘ramoqda. Aks holda ish haqi subsidiyasini o‘z vaqtida to‘lab berish imkoniyati yo‘qligi, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklangani aytildi.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025