Jahon | 23:30 / 06.03.2023
32304
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar 100 million yil ichida Yer qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi 

Geologik o‘zgarishlar 10 kilometrgacha va million yillik kadrlar bilan namoyish etildi. 

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari Yerning 100 million yil davomidagi geologik o‘zgarishlari modelini yaratdilar. Buning uchun ular geodinamika, tektonik, iqlimiy kuchlar va ob-havo ma’lumotlaridan foydalandi. Tadqiqot natijalari Science jurnalida chop etildi. 

Tadqiqotning yetakchi muallifi, Sidney universiteti doktori Tristan Salles so‘zlariga ko‘ra, jamoa juda yuqori aniqlikka erisha olgan. Model geologik o‘zgarishlarni 10 kilometrgacha va million yillik kadrlar bilan ko‘rsatadi. 

Bu ish birinchi marta zamonaviy geofizik landshaftlar qanday shakllanganini, millionlab tonna cho‘kindi jinslar jahon okeaniga qanday tushib ketganini anglash imkonini beradi. 

Ushbu model nafaqat o‘tmishni, balki kelajakni ham ko‘rsatadi, deydi tadqiqot mualliflari. Uning asosida Yerning bo‘lajak geologik o‘zgarishlarini bashorat qilish mumkin.

Mavzuga oid