O‘zbekiston | 19:30 / 07.03.2023
9196
2 daqiqa o‘qiladi

Navro‘z arafasida ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi 

O‘zbekistonliklar uchun aviachiptalar, muzeylar, madaniy meros obektlari, ziyoratgoh va qadamjolarga kirish chiptalariga chegirmalar beriladi. 

Foto: KUN.UZ

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2023 yil 19-23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etildi.

Vazirlik respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatini keltirdi.

Shuningdek, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 18-22 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning ekonom va biznes klass tariflariga 21 foiz chegirma e’lon qildi.

Bundan tashqari, Madaniy meros agentligi tomonidan bayram kunlarida agentlik tizimidagi davlat muzeyi hamda direksiyalarning chiptalariga 10 foiz chegirmalar e’lon qilindi.

Shu bilan birga, «Vaqf» xayriya jamoat fondiga qarashli va pulli kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obektlarida (ziyoratgoh va qadamjolar) 18–22 mart kunlari kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foizli hamda yoshlar uchun 50 foizli chegirmalar e’lon qilindi.

Mavzuga oid