Jahon | 13:09 / 08.03.2023
3451
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus yangi harbiy doktrina ishlab chiqiladi

Global geosiyosiy keskinliklar fonida Belarus o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish choralarini ko‘rishga muhtoj, deya ma’lum qildi mamlakat Xavfsizlik kengashi.

Foto: Anadolu agency

Belarus Xavfsizlik kengashi Mudofaa vazirligiga «harbiy-strategik vaziyatning o‘zgarishi munosabati bilan» yangi harbiy doktrinani ishlab chiqishni topshirdi. Ushbu qaror «global geosiyosiy keskinlikning kuchayishi» munosabati bilan qabul qilindi, shu munosabat bilan «mustaqillik, hududiy yaxlitlik, suverenitet va konstitutsiyaviy tuzumni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan strategik tiyib turish doirasidagi chora-tadbirlar» zarur, deyiladi 8 mart, chorshanba kuni rasmiy huquqiy ma’lumot internet portalida.

Qarorda konsepsiyani ishlab chiqishda ilmiy va ekspert hamjamiyati vakillarini jalb etish, uning muhokama maydonchalarida jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish, asosiy qoidalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash belgilangan. Shundan so‘ng u Umumbelarus xalq assambleyasi tasdig‘iga yangi harbiy konsepsiya taqdim etilishi kerak.

Belarusning amaldagi harbiy doktrinasi 2016 yil iyul oyida tasdiqlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid