Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga imtiyozli stomatologiya yordami ko‘rsatiladi
Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida «Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi» va Tops Dental stomatologiya klinikasi o‘rtasida hamkorlik hamda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tomonlar ushbu davlatda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga imtiyozli shartlarda stomatologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Ushbu klinika yangi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda yuqori malakali shifokorlar stomatologik xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, tomonlar Uyushma a’zolariga 20 foizgacha chegirma berilishiga kelishib oldilar.
Kelgusida mazkur hamkorlik doirasida O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaning boshqa shaharlarida ham tibbiy imtiyozlar bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi
12:15 / 24.03.2025
Yaponiyada stomatologik klinikalar bemorlarni tinchlantirish uchun terapevt itlarni yollamoqda
10:29 / 24.03.2025