Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» fuqarolik jamiyati forumi bo‘lib o‘tadi
Tashqi ishlar vazirligida Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbari, elchi Sharlotta Adrian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama hamda mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.
10 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «YeI – Markaziy Osiyo» fuqarolik jamiyati 4-forumining tashkiliy jihatlari xususida atroflicha fikr almashildi.
Yevropa tomoni ushbu tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama kun tartibini yangi amaliy chora-tadbirlar bilan to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
20:02 / 24.05.2025