O‘zbekiston | 17:15 / 09.03.2023
13310
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston madaniyat va san’at jamg‘armasi Islom san’ati biyennalesida noyob eksponatlar to‘plamini taqdim etdi

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Joriy yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida birinchi Islom san’ati biyennalesi bo‘lib o‘tdi. 

Prezident administratsiyasi shu’ba mudiri Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, unda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan etnografiya va to‘qimachilikka oid noyob muzey eksponatlari to‘plami taqdim etildi.

Jamg‘arma, shuningdek, O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ijtimoiy dastur tayyorlagan.

«Bunday tadbirlar mamlakatimizning boy madaniyatini xorijlik tomoshabinlarga namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir», deydi Saida Mirziyoyeva.

23 yanvardan 23 aprelgacha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom san’ati bo‘yicha birinchi biyennale bo‘lib o‘tyapti. 

Tashkilotchilarning qayd etishicha, tadbir an’analarni saqlashni qo‘llagan holda, innovatsiyalarni ilgari suradi. Unda san’at sohasidagi ma’naviy izlanishlar uning barcha ko‘rinishdagi badiiy ifoda va shakllarida taqdim etilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid