Toshkentda AQShga Meksika orqali yuborish evaziga 20 ming dollar so‘ragan talaba ushlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Jahon tillari universiteti talabasi B.J. va boshqalar fuqaro E.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024