Hindiston propilenglikoldan foydalanishni taqiqladi
Ushbu modda Marion Biotech kompaniyasining ta’minotchisi tomonidan yetkazilgan.

Foto: REUTERS/Anushree Fadnavis
Hindiston hukumati farmatsevtika kompaniyalariga propilenglikol (PG) moddasidan foydalanishni taqiqladi. Ushbu modda Marion Biotech kompaniyasining yo‘talga qarshi siroplari uchun ingrediyent yetkazib bergan kompaniya bilan bog‘liq.
Reuters xabariga ko‘ra, hukumat Dehli shahrida joylashgan ta’minot kompaniyasining PG moddasidan foydalanishni to‘xtatishni buyurgan.
Hindistonning giyohvand moddalari ustidan nazorat qiluvchi departamenti (DCGI) xatiga ko‘ra, Dehli shahrida joylashgan Maya Chemtech kompaniyasi PG moddasining asosiy ta’minotchisi bo‘lgan. U Marion Biotech kompaniyasiga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) ham yetkazib bergan edi.
Xabarda nega PG moddasidan foydalanish taqiqlangani haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabr oyida O‘zbekistonda Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 MAKS» yo‘talga qarshi siropidan o‘nlab bolalar vafot etgan edi. Shundan so‘ng, Marion Biotech kompaniyasi zavodida ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatildi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, dori vositalari tarkibida propilenglikol o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) moddalari aniqlangan. Ushbu moddalar o‘ta zaharli bo‘lib, sanoatda suyultiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
JSST ushbu moddalar oz miqdorda qabul qilinganda ham o‘limga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi va hech qachon dori vositalarida ishlatilmasligi lozimligini ta’kidladi.
Hindiston politsiyasi 3 mart kuni Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori lavozimli xodimini hibsga olgan edi.
Mavzuga oid

16:11 / 17.04.2025
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin

09:55 / 17.04.2025
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:23 / 14.04.2025