Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tuziladi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmining keyingi yillarda uch barobarga o‘sishining ijobiy dinamikasi qayd etildi. Tomonlar joriy ko‘rsatkichlarni sezilarli darajada oshirish uchun qator imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirish va hajmini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish istiqbollari tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi, yengil va elektrotexnika sanoati sohalarida aniq loyiha takliflarini o‘zida mujassam etgan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturning qabul qilinishi bu boradagi ustuvor va birinchi darajali chora-tadbirlar sifatida belgilandi. Tomonlar Toshkent va Ulan-Bator shaharlarida qo‘shma biznes-forum va ko‘rgazmalar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston i va Mo‘g‘uliston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida Bitim imzolandi.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
13:22 / 16.01.2025