Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim nuroniylarni «Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirib borish tizimi joriy etiladi
"Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.
2023 yil 1 apreldan “Nuroniy” jamg‘armasiga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.
“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi.
“Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida muammoli oilalarning har biriga “Keksalar maslahati” guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.
“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili hamda “Nuroniy har bir oilaga mas’ul” loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish tizimi joriy etiladi.
Mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Keksalar maslahati” guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (600 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantirib boriladi.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025