Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA prezidentlari hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari BAA prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, ushbu mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Suhbatda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiya va yuksak texnologiyalar, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalaridagi aloqalarni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-BAA munosabatlarida jadal rivojlanish kuzatilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yili o‘zaro savdo hajmi ikki barobarga ko‘paydi. O‘zbekistonda 240 ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshdi.
Neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, infratuzilmani rivojlantirish sohalarida, tog‘-kon va metallurgiya tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish hamda moliyaviy-texnik hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025