Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 3 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston va OIIB o‘rtasidagi moliyaviy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Bank rahbariyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlarni yuqori baholar ekan, OIIB O‘zbekiston bilan hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanligini tasdiqladi. O‘zbekistonning Bank mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish hajmi izchil o‘sib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar «O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasidagi Qo‘shma deklaratsiya»ni imzoladilar. Unda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2023-2026 yillar uchun uch yillik hamkorlik dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Dastur energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash sohalarida loyihalarni amalga oshirishni qamrab oladi.
Mavzuga oid
18:39 / 09.04.2025
O‘zbekiston va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzoladi
12:50 / 24.09.2024
OIIB Samarqandda o‘tadigan yillik yig‘ilishi dasturini e’lon qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
20:48 / 20.08.2024