Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va ishga jo‘natish markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Avstriyaning eee Austria kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Unda “Monomarkazlarni modernizatsiya qilish hamda mahalliy va Avstriya mehnat bozori uchun mehnat muhojirlarini tayyorlashda kasb-hunar ta’limi dasturlarini izchil tatbiq etish” bo‘yicha loyihani amalga oshirishning istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida tomonlar Avstriya hamda Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashishlari uchun Avstriya andozalariga muvofiq mehnat migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazi tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.
Onlayn uchrashuv davomida O‘zbekiston tomonidan Markazda tegishli ta’limni olganlaridan so‘ng Respublika fuqarolarining Avstriya mehnat bozorida ularning bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Loyiha doirasida Avstriyaning yetakchi institutlari bilan yaqin ilmiy va amaliy aloqalarni o‘rnatish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
11:05 / 07.05.2025