Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya nomini Moskoviya deb o‘zgartirishni o‘rganib chiqish uchun topshiriq berdi
Ukraina prezidentining saytida Rossiya nomini Moskoviya deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi petitsiya rasmiy ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan 25 ming ovoz to‘pladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bosh vazir Denis Shmihalga Rossiya nomini ukrain tilida Moskoviya deb o‘zgartirish imkoniyatini «har tomonlama ishlab chiqish»ni topshirdi. Bu haqda 10 mart, juma kuni Zelenskiyning prezident saytida e’lon qilingan tegishli petitsiyaga bergan javobida ma’lum qilindi.
2022 yil 23 noyabrda e’lon qilingan petitsiyada prezident ko‘rib chiqishi uchun zarur bo‘lgan 25 mingdan ortiq imzo to‘plangan. Uning muallifi Moskoviya - Rossiyaning tarixiy nomi, deb hisoblaydi, u XVI-XIX asrlarda, Pyotr I davlatni Rossiya imperiyasi deb e’lon qilganidan keyin «ko‘plab tarixiy xaritalarda» topilgan. Petitsiyada, shuningdek, «ruscha» atamasini «moskvacha», «Rossiya Federatsiyasi» atamasini «Moskva federatsiyasi» bilan almashtirish taklif qilingan.
«Petitsiyada ko‘tarilgan masala tarixiy-madaniy kontekstda ham, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro huquqiy oqibatlarni hisobga olgan holda ham sinchkovlik bilan o‘rganishni talab qiladi. Bunga, xususan, ilmiy muassasalarni jalb qilish zarur», deb javob berdi Zelenskiy.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina prezidentining buyrug‘ini «Ukrainadan «anti-Rossiya» yaratishga urinishning yana bir dalili» deb atadi.
Mavzuga oid
22:53 / 21.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
18:04 / 21.02.2025
Urush va saylov: Ukrainada hozir kimning reytingi baland?
13:20 / 09.12.2024
Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan
17:12 / 08.12.2024