Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Jiddada IHT bosh kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov 12 mart kuni Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Jidda shahridagi qarorgohida IHT bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Husayn Ibrohim Tohaning aytishicha, so‘nggi 5 yilda Yangi O‘zbekiston musulmon davlatlari bilan aloqalarni sezilarli darajada oshirgan. Toshkentning yangi siyosati siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga, hamda Markaziy Osiyo barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlash masalalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston qisqa vaqt ichida mintaqadagi qo‘shnilari bilan o‘zaro tushunish va sheriklik muhitini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning islom olamidagi roli hamda ta’sirini keskin oshirdi.
IHT bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha O‘zbekiston afg‘on masalasida muhim rol o‘ynashini va Afg‘onistonga ko‘p tomonlama gumanitar hamda iqtisodiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha turli loyihalarni ilgari surish tashabbusi bilan chiqayotganini alohida ta’kidladi. IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekiston bilan bu davlat bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va qo‘shma choralar ko‘rish tarafdori.
Bosh kotibga respublikada konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendum o‘tkazilishi haqida ma’lumot berildi. Husayn Ibrohim Toha ushbu muhim siyosiy tadbirda IHT kuzatuvchilari ishtirok etishini tasdiqladi.
Uning aytishicha, tarixiy Samarqand shahrini ko‘rish uchun Ramazon oyidan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
17:07 / 08.04.2025
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
11:34 / 24.03.2025
Abdulaziz Komilov YeIning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi
16:26 / 12.12.2024