Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
48 jamoa, 12 guruh va 104ta o‘yin. FIFA JCh-2026 yangi formatini tasdiqladi
FIFA 2026 yilga jahon chempionatining yangi formati tasdiqlanganini rasman e’lon qildi.
Ruanda poytaxti Kigalida o‘tgan kongressda ilk marta 48 jamoa ishtirokida o‘tadigan 2026 yilgi mundial formati tasdiqlandi. Futboldagi eng nufuzli turnir 1930 yildan beri o‘tkaziladi. 23-marotaba o‘tkaziladigan navbatdagi mundialdan uning formati o‘zgaradi.
Dastlab jamoalarni 3tadan 16ta guruhga bo‘lish reja qilingandi. Ammo FIFA bu g‘oyadan voz kechib, 4ta jamoadan iborat 12ta guruhni ma’qulladi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallaganlar va 3-o‘rin sohiblaridan eng yaxshi 8tasi 1/16 finalga yo‘l oladi.
Jami 104ta o‘yin o‘tkaziladi (32ta jamoa ishtirok etganida 64ta o‘yin bo‘lgan). Turnir 39 kun davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi mundial AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, oxirgi jahon chempionati 2022 yil Qatarda o‘tkazildi va u 32ta jamoa ishtirok etgan so‘nggi mundial sifatida tarixga muhrlandi.
Mavzuga oid
11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi
07:30 / 26.03.2025
JCh-2026 saralashi. BAA KXDR bilan o‘yinda 90+8-daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi
10:03 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi. Angliyada yirik g‘alaba, yangilangan Litvadan ajoyib kambek va boshqa natijalar
12:07 / 23.03.2025