Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusdagi tartibsizliklar bo‘yicha yangi ish sudlanuvchilariga 17 mart kuni hukm o‘qiladi
Buxoro viloyati sudi 39 ayblanuvchiga nisbatan hukmini e’lon qiladi.
2023 yil 17 mart kuni Buxoro viloyati sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni o‘tkazilgan so‘nggi mahkamada prokuratura 37 nafar ayblanuvchini 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 2 nafariga ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni tayinlashni so‘ragan edi.
Davlat ayblovchilari o‘z nutqida barcha sudlanuvchilar aybli degan xulosaga kelinganini ma’lum qildi. Shuningdek, ularga nisbatan qo‘llanishi lozim bo‘lgan jazo turi va me’yori haqidagi fikrlari bayon qilindi.
Sud majlisida 3 nafar advokat va 2 nafar himoyachining muzokara so‘zi tinglanib, barcha sudlanuvchilarning himoya va oxirgi so‘zlari eshitildi.
Shundan so‘ng, sud hukm chiqarish uchun tanaffus e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
15:50 / 27.03.2025
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025