Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kirbi: AQSh Qora dengiz uzra parvozlarni davom ettiradi
Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyotining Qora dengiz uzra Amerikaning razvedkachi MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchish apparati bilan to‘qnashuvi bo‘yicha vaziyatga izoh berdi.
«Biz bir yildan ortiq vaqtdan beri bu havo hududida parvozlarni amalga oshirib kelyapmiz... va buni davom ettirish niyatidamiz», deb ta’kidlab o‘tdi Kirbi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtondagi Davlat departamentiga chaqirildi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays, o‘z navbatida, shunday dedi: «Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya tomoni bilan, eng yuqori darajada, bu xavfli, noprofessional tutib olish hamda AQShning uchuvchisiz apparati qulashiga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha o‘zimizning keskin e’tirozlarimizni bildirish uchun aloqa o‘rnatmoqdamiz».
Bundan oldin Rossiyaning ikkita Su-27 samolyoti 2023 yil 14 mart kuni Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida parvoz qilayotgan AQSh harbiy-havo kuchlarining MQ-9 uchuvchisiz droniga qarshi xavfli manyovr qilgani xabar berilgandi.
AQSh Qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi (USEUCOM) ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Su-27 samolyotlaridan biri MQ-9 parraklariga urilib, shikast yetkazgan. Oqibatda, AQSh Qurolli kuchlari xalqaro suvlarda MQ-9 dronini urib tushirishga majbur bo‘lgan.
To‘qnashuvdan oldin Su-27 samolyotlari MQ-9 oldidan yonilg‘i to‘kib, ekologik xavfli va noprofessional tarzda uchib o‘tgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025