O‘zbekiston yosh hokkeychilari Osiyo chempioni bo‘ldi
18 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik hokkeychilar Mo‘g‘ulistondagi turnirda zafar quchdi.
Mo‘g‘ulistonda 18 yoshgacha bo‘lgan hokkeychilar o‘rtasida IIHF Osiyo va Okeaniya chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston U18 milliy jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Yosh hokkeychilar Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4) va Tailand (10:2) ustidan g‘alaba qozonib, 12 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin turnir g‘olibi bo‘ldi. So‘nggi turdan o‘rin olgan BAA hokkeychilariga qarshi 17 mart kungi bahs hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
O‘zbekiston U18 milliy jamoasi tarkibi Toshkentning «Humo» va «Binokor» klubi hokkeychilaridan tarkib topgan. Jamoaga rossiyalik Artur Faxrutdinov murabbiylik qiladi.
Turnir bombardirlari ro‘yxatida o‘zbekistonlik Jasurbek Rustamxonov 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. U 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
20:37 / 31.07.2024
O‘zbekistonda YouTube’ga kirish sekinlashgani aytilgan xabarlar rad etildi
23:00 / 13.06.2024