Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari ishdan olindi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi.
“Yangi O‘zbekiston” nashri xabariga ko‘ra, quyidagilar lavozimidan ozod qilindi:
- Alisher Inakov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan;
- Bahodir Karimov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
- G‘ayrat Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Alisher Inakov 2021 yil aprel oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori etib tayinlangandi. Undan avval u Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori v.v.b. bo‘lgan.
Bahodir Karimov ham 2021 yil aprel oyida agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. U avval Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori o‘rinbosari v.v.b. bo‘lgan.
Bundan tashqari, 2021 yil aprel oyida G‘ayrat Isroilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. U avval Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining Pensiya ta’minoti va kam ta’minlangan oilalar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritgan.
Prezident farmoniga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini tashkil etish belgilangan edi.
Agentlik keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
09:50 / 04.10.2024