Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya parlamenti hukumatga ishonchsizlik votumlarini rad etdi
Ishonchsizlik votumlarining rad etilishi Fransiyada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan pensiya islohoti parlamentni chetlab o‘tib qabul qilinganini anglatadi.
Fransiya Milliy assambleyasi vazirlar mahkamasining parlamentda ovoz berishsiz pensiya islohotini o‘tkazishga urinishidan so‘ng muxolifatdagi LIOT guruhi va Marin Le Penning «Milliy birlashuv» partiyasi tomonidan ilgari surilgan hukumatga ishonchsizlik votumlarini rad etdi. Bu haqda 20 mart, dushanba kuni AFP agentligi xabar berdi.
LIOT hujjatiga 278 nafar deputat, «Milliy birlashuv» taklifiga 94 nafar deputat ovoz berdi. Ishonchsizlik votumini qabul qilish uchun 287 ovoz kerak. Fransiya hukumati kuni kecha konstitutsiya moddasidan foydalanib, vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik votumi berilishi sharti bilan, ovoz berishsiz pensiya islohotini amalga oshirishga ruxsat berdi.
Shunday qilib, kechagi ovoz berish natijasida pensiya islohoti, jumladan, 2030 yilgacha pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutuvchi reja qabul qilindi, deb yozadi AFP. Bundan tashqari, islohot eng kam pensiya miqdorini 1200 yevrogacha oshirishni nazarda tutadi. 21 mart kuni qonun Konstitutsiyaviy kengashda ko‘rib chiqilishi kerak.
Qonun loyihasi butun Fransiya bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlari, ish tashlashlar va tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, 15 martda rejalashtirilgan yakuniy ovoz berish kuni uyushtirilgan mitingda mamlakat bo‘ylab 480 ming kishi qatnashgan. Kasaba uyushmalari ishtirokchilar sonini 1,8 million kishi deb hisoblaydi. Namoyishlar o‘qituvchilar, transport xodimlari, neftni qayta ishlash sektori va boshqa sohalarning ish tashlashlari bilan birga kechdi. Natijada o‘tgan haftada shaharlararo poyezdlarning deyarli yarmi va o‘nlab aviareyslar bekor qilindi.
17 mart kuni ertalab namoyishchilar Parij shahar avtobanini, Tuluza va Bordodagi vokzallarni vaqtincha to‘sib qo‘yishdi. Kechqurun Parij markazidagi maydonda katta norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi. Namoyishlar Parij va boshqa shaharlarda davom etgan, 20 mart kuni politsiya poytaxtda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlardan foydalangan. Kasaba uyushmalari 23 mart kuni navbatdagi umumxalq tadbirlarini rejalashtirgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025