Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy bu haqda e’lon qildi.
ACF International (Korrupsiyaga qarshi kurash fondining (KQKF) xalqaro nomi) direktorlar kengashining yangi raisi Mariya Pevchix bo‘ladi. Bu haqda Aleksey Navalniy ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Pevchix bungacha KQKF surishtiruv bo‘limi rahbari bo‘lib ishlagan.
«Oxirgi ikki yil davomida olib borgan jamoat ishlari uni jonli siyosiy yetakchi sifatida namoyon etdi. Siz uni yaxshi bilasiz va men ham uning vazifalarni a’lo darajada bajara olishiga shubham yo‘q», deb yozdi Navalniy.
Bungacha KQKF raisi sifatida Leonid Volkov ishlagan edi. Ammo 2022 yilda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning ofisiga o‘z hamkasblarini xabardor qilmasdan yuborgan maktubi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng, 9 mart kuni u lavozimini tark etishini ma’lum qildi.
Volkov o‘z maktubida Borrellga sanksiyalarni bekor qilishning aniq mezonlarini yozishni taklif qilgan. Siyosatchining ta’kidlashicha, Kreml kursini qo‘llab-quvvatlamagan ko‘plab ishbilarmonlar nohaq jazolangan. Misol tariqasida u «Alfa Grupp» aksiyadorlari Mixail Fridman, Petr Aven, German Xan va Aleksey Kuzmichevni keltirib, ularni Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan chiqarishni taklif qilgan.
Mavzuga oid
10:00 / 17.08.2024
Yarmish va Pevchix Rossiyada terrorchi va ekstremistlar qatoriga kiritildi
09:06 / 20.04.2024
Tusk muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlanganini ma’lum qildi
19:25 / 13.03.2024
Litvada Navalniyning safdoshi Leonid Volkovga hujum qilindi
07:44 / 22.12.2023