O‘zbekiston va Malayziya islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayziya oliy ta’lim vaziri Muhammad Xalid Nordin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat davomida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning istiqbollari, shu jumladan Malayziyaning ilg‘or islom moliyasi bo‘yicha tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Muhammad Xalid Nordin Malayziyani ikki davlat o‘rtasidagi madaniyat va bilim tizimlari ko‘priklarini yanada kengaytirish va mustahkamlashdan tarafdor ekanligini ta’kidladi.
Xorijiy tomon O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi (BMA) va Malayziya Yutara universiteti huzuridagi Islom biznes maktabi o‘rtasidagi respublikada islom moliyasini rivojlantirish va ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘rnatilgan hamkorlikni olqishladi.
Uchrashuv yakunida iyun oyida Malayziya Yutara universiteti huzuridagi Islom biznes maktabi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini uyushtirish va respublika mutaxassislari uchun seminar hamda treninglar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:27 / 21.11.2024
O‘zbekiston fuqarolari Malayziyada qonuniy asosda ish bilan ta’minlanishi mumkin
12:01 / 21.11.2024
Malayziya universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024