Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi
O‘zbekistonda yana yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:53 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,37 gradus shimoliy kenglik; 69,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km;
- Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km;
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 204 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 216 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.
23 martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida yer silkinishi kuzatilgandi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubi-sharqda.
Toshkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinchi zilzila (aftershok) sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubi-sharqda.
21 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda ro‘y bergan 6,6 balli zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezilgan, Toshkent shahrida yer silkinishi kuchi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni tashkil etgandi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025