Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari quruq va issiq havo saqlanib turadi
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati +20...+23 daraja bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati ko‘tariladi va +23...+25 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +27...+29 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 24–26 mart kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +22...+25 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025