Prezident farmoni bilan boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashyapti - Zafar Hoshimov
Korzinka supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov boj to‘lovidan ozod qilingan 36 ta guruhga kiruvchi mahsulotlar narxi pasayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqatlar narxi keskin arzonlamoqda. Bu haqda Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi.
“23 mart kuni imzolangan prezident farmonining mazmuni iste’mol mahsulotlari va oziq-ovqatlarni xalqqa arzonroq qilib yetkazib berish hisoblanadi. 36ta guruhga kiradigan 1000dan ortiq mahsulot narxi pasaytirildi. Menimcha, keng aholi qatlami uchun bu juda manfaatli qaror bo‘ldi. Endilikda bu mahsulotlar olib kirilayotganda boj to‘lanmaydi. Almatiga yoki boshqa chet el mamlakatlariga borganimizda, ba’zi bir mahsulotlar biznikiga qaraganda arzonroq edi. Bunga sabab albatta boj to‘lovlarining balandligi. Amalda keng ro‘yxatdagi juda ko‘p mahsulotlardan mana shu bojlar olib tashlandi. Men o‘ylaymanki, bu prezidentimizning xalqparvarligi hisoblanadi va iste’molchilar buni tezda sezishadi. Biz ham kutib o‘tirmay, hozirdan ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarning narxlarini pasaytirdik. Korzinka’da ushbu aksiyamizni “Inson qadri uchun” deb nomladik. Men boshqa tadbirkorlardan ham ushbu aksiyaga qo‘shilishini so‘rardim, chunki bu imtiyozlar tadbirkorlar uchun emas, balki xalq manfaatlarini o‘ylab berildi”, dedi Zafar Hoshimov.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolangandi.
Farmon bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Jumladan:
- yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
- pishloq va tvoroglar;
- yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
- yangi olma, nok va behi;
- bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
- kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.
Mavzuga oid
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
10:59 / 20.10.2024
JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 5 turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi
11:40 / 18.10.2024