O‘zbekiston | 13:29 / 27.03.2023
3104
2 daqiqa o‘qiladi

Xiva shahrida xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Vazirlar Mahkamasining “Xiva shahrida xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha O‘zbekiston prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish to‘g‘risida” 2022 yil 25 maydagi PQ-259-son qarori 4-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish;
  • “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi” bazasida “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari” bo‘limi tashkil qilish;
  • 2023 yilda Xiva shahrida xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi, “Yo‘l xaritasi” va “Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash.

Hujjatda aytilishicha, loyiha qabul qilinishi bilan Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba xalqaro etnosport festivali o‘tkaziladi, “Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi” bazasida “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari” bo‘limi tashkil qilinadi, festival doirasida jahon chempionati va xalqaro turnirlarni o‘tkazish hamda Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bog‘i” tashkil etilishiga erishiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid