O‘zbekiston | 13:47 / 28.03.2023
9330
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan Pfizer vaksinalari olib kelindi

Bu COVID-19’ning so‘nggi shtammlariga ta’sir qiluvchi vaksinadir.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

27 mart kuni Ispaniya tomonidan taqdim qilingan 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinasi O‘zbekistonga yetkazildi va aeroportda mamlakat mas’ullariga topshirildi.

SSV matbuot xizmat aniqlik kiritishicha, natijada, mart oyida O‘zbekistonga olib kelingan koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 2 960 640 dozani tashkil qildi.

Ushbu Pfizer vaksinalari Shvetsiya, Italiya, Chexiya, Xorvatiya va Ispaniya tomonidan taqdim qilindi.

«Pfizer (TRIS, RTU original)ning boshqa turdagi vaksinalardan, shuningdek, ushbu Pfizer’ning avvalgi versiyalaridan farqi shuki, yangi partiya vaksinalari virusning eng so‘nggi shtammlariga ta’sir qilish imkoniyati yuqori. Ushbu vaksinalar yurtimizga COVAX dasturi doirasida yetkazib berilmoqda»,  deydi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova. 

O‘zbekistonga taqdim qilingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Shvetsiyadan – 722 880 doza;
  • Italiyadan – 702 720 doza;
  • Ispaniyadan – 800 640 doza;
  • Chexiyadan – 446 400 doza;
  • Xorvatiyadan – 288 000 doza vaksina keltirilgan.

Ma’lumot uchun, uch kundan keyin O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari boshlanganiga 2 yil to‘ladi.

Mavzuga oid