Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2030 yilgacha 6G tarmog‘ini ishga tushiradi
6G tarmog‘ining ma’lumotlar uzatish tezligi 100 Gbit/s dan 1 Tbit/s gacha bo‘lishi kutilmoqda.
Xitoyning China Unicom uyali aloqa operatori mamlakatda 6G tarmog‘ini ishga tushirish sanasini e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
«Xitoy taraqqiyot forumida» so‘zga chiqqan ijrochi direktor Lyu Lixong Unicom kompaniyasi 2025 yilda 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishni boshlashini aytdi. Texnologiyani tijoriy ishga tushirish 2030 yilga rejalashtirilgan. Lixong so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya muhandislari oltinchi avlod aloqa standartini 2019 yilda ishlab chiqishni boshlagan.
China Unicom top-menejyerining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy 5G texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri Tszin Chjuanlun mamlakatning smartfonlar bozori dunyodagi eng yirik bozor ekanligini, bu esa 6G rivojlanishiga turtki bo‘lishini aytdi.
Xitoy telekommunikatsiya sanoati ishtirokchilari yangi standartni ishlab chiqishga Qo‘shma Shtatlar bilan ziddiyatlar to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidladilar. AQSh sanksiyalari tufayli Huawei va ZTE kompaniyalari ba’zi yarimo‘tkazgichlardan foydalana olmayapti. Ushbu yarimo‘tkazgichlar smartfonlar va ba’zi texnikalarni ishlab chiqarish uchun zarur hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, 6G tarmog‘ining ma’lumotlar uzatish tezligi 100 Gbit/s dan 1 Tbit/s gacha bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025