Jahon | 08:53 / 29.03.2023
7994
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Milliy majlisi Golodomorni genotsid deb tan oldi

Fransiyada Golodomorning ukrainaliklar genotsidi sifatida tan olinishini izohlar ekan, Zelenskiy bu mamlakatdan «totalitar Rossiyaning o‘tmishdagi va hozirgi jinoyatlarini fosh etishga qo‘shgan hissasi uchun» minnatdor ekanini aytdi.

Foto: Anadolu agency

Fransiya Milliy majlisi deputatlari mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi deb tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Bu haqda 28 mart, seshanba kuni Fransiya parlamenti quyi palatasi saytida ma’lum qilindi. 168 deputat bu qarorni ma’qullab, faqat ikkitasi qarshi ovoz berdi.

Hujjat matnida ta’kidlanganidek, 1930-yillarning boshlarida SSSRning bir qator qishloq xo‘jaligi rayonlarida boshlangan sun’iy sabablarga ko‘ra ocharchilik Ukrainada alohida miqyosga ega bo‘ldi: «jitnitsa» «qon to‘kilgan yerga» aylandi.

«Fransiyaning totalitar Rossiyaning o‘tmishdagi va hozirgi jinoyatlarini fosh etish, haqiqat, adolat va demak, mas’uliyatni o‘rnatishga qo‘shgan katta hissasi uchun minnatdorman. Rahmat, Fransiya», - deya izoh berdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Fransiya Milliy majlisining qaroriga.

Avvalroq, 2022 yil 30 noyabrda Bundestag ham Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan olgan edi. 2022 yil 15 dekabrda Yevropa parlamenti xuddi shunday rezolyutsiyani qabul qildi.

Mavzuga oid