Surxondaryoda odamlarning mashinalaridan pul va buyumlarni o‘g‘irlab kelgan guruh ushlandi
Jinoiy guruh yigit va uning o‘smir yoshdagi sherigidan iborat bo‘lgan.

Foto: Tergov departamenti
Termiz shahrida odamlarning mashinalarini olib qochib, so‘ng undagi pul va boshqa buyumlarni o‘g‘irlab kelgan guruh ushlangan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 25 mart kuni noma’lum shaxs Termiz shahrida fuqarolardan biriga tegishli bo‘lgan Matiz mashinasini noma’lum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida Matiz Termiz tumani Jo‘yjangal mahallasi hududiga tashlab ketilgani, mashinada 200 ming so‘m pul va videoregistratorda joylashgan fleshkarta yo‘qligi aniqlangan.
Surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 18 yoshli yigit o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan mahalladoshi, 15 yoshli o‘smir bilan sodir etgani aniqlangan. Ulardan mashina videoregistratoridan olingan fleshkarta ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismining “b”,“g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida ular boshqa mashinalardan ham qimmatbaho narsalar va pullarini o‘g‘irlagani, Matiz’ni o‘zlari aylanish uchun olib qochishganini aytishgan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu gumonlanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid

11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025