Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Spark»ning 2 piyodani urib yuborishi oqibatida ulardan biri vafot etdi
Olmazor tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 27 mart kuni soat 11.30 larda Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinani boshqarib kelayotib, 2 nafar piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, piyodalardan biri - 1981 yilda tug‘ilgan B.T. olgan tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib borilgan. Ikkinchi piyoda - 1981 yilda tug‘ilgan U.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan U.M. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

19:49 / 19.05.2025