Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyat hokimlari va elchilar 7 mln xorijiy va 15 mln ichki sayyohlarni jalb qilishi belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 million xorijiy va 15 million ichki sayyohlarni jalb qilish, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir necha bor uchrashib, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.
O‘rganishlar ko‘rsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmaydi. Yo‘l chiptalarini 3-6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘p. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar talabidan kelib chiqmagan.
Davlat rahbari soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025