Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirzacho‘l tumani XTB mansabdorlari davlatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi
DXX Xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi materiallari asosida Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Mirzacho‘l tumani Xalq ta’limi bo‘limi faoliyatida qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Xususan, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, ta’til, ish haqi va ustama pullari ortiqcha to‘lanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarida qo‘shib yozish, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd 593 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
09:40 / 16.05.2025