O‘zbekiston | 15:47 / 31.03.2023
8893
2 daqiqa o‘qiladi

Ayollar mehnatidan foydalanish cheklangan 95 ta ishlar turi va kasblar ro‘yxati ishlab chiqildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklangan ayrim ishlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada ayollarning reproduktiv salomatligini asrash va onkologik kasalliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida 21 ta iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha mehnat sharoitlari noqulay (zararli va xavfli) bo‘lgan 95 ta ishlar turi va kasblar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, loyiha qabul qilinishi natijasida “O‘zbekiston Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun 393-moddasida belgilangan talablarni ijrosi ta’minlanishiga erishiladi.

Noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan, ayollarning mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar ro‘yxatiga tog‘-kon qazib chiqarish sanoati, tog‘-kon, metallga ishlov berish, quduqlarni burg‘ilash, neft va gazni qazib olish, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, kimyo sanoati hamda boshqa yo‘nalishlardagi ayrim ishlar kiritilgan. 

Mavzuga oid