O‘zbekiston | 12:39 / 31.03.2023
6425
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi oshiriladi

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Toshkent hayvonot bog‘i

Narxlar joriy yilning 1 aprelidan oshiriladi. Narx oshishiga sabab sifatida mutasaddilar hayvonot bog‘ida saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liq ekanini aytmoqda.

Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul. 

Xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar va 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish chipta narxi 20 ming so‘m. 16 yoshdan kattalar uchun esa 35 ming so‘m etib belgilandi.

Mavzuga oid