Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbar qilingan shaxs o‘nga yaqin harbiyni garovga oldi
Erkak ikki qarindoshi Ukrainadagi janglarda halok bo‘lganini bilgach, xizmatdoshlarini garovga olgan. Avtomat bilan qurollangan safarbar qilingan shaxs xavfsizlik kuchlari yetib kelganidan so‘ng taslim bo‘ldi.
Rossiyaning Bryansk viloyatida 1 aprel oqshomida safarbar etilgan shaxs Ukrainadagi janglarda ikki jiyani halok bo‘lganini bilib, o‘nga yaqin harbiyni garovga oldi, deb xabar berdi Baza Telegram-kanali 2 aprel kuni. Nashrning yozishicha, voqea 44073-harbiy qism vaqtincha joylashgan Bryansk viloyatining Plavna qishlog‘idagi madaniyat uyida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samara viloyatining Chapayevsk shahridan safarbar qilingan 35 yoshli Dmitriy D. avtomat va granata bilan qurollangan bo‘lib, kerak bo‘lsa, ularni qo‘llash bilan tahdid qilgan. Erkak safarbar qilingan besh nafar oddiy askar va uch zobitni garovga olgan. U hech qanday talablar qo‘ymagan. Aytilishicha, garovga olinganlardan biri favqulodda xizmatlar bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari mojaroni bartaraf etishdi: Dmitriy D. garovga olinganlarni qo‘yib yubordi va taslim bo‘ldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentabr kuni Ukrainaga qarshi urush uchun «qisman safarbarlik» haqida e’lon qildi. Safarbar qilinganlardan tegishli tayyorgarliksiz hujum bo‘linmalariga o‘tkazilgani, jihozlarning yetishmasligi va qo‘mondonlar tomonidan qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqida bir necha bor shikoyatlar kelib tushgan.
Mavzuga oid
16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi
22:15 / 25.01.2025
Ukraina armiyaga chaqiruv yoshini 18 ga tushirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritadi
20:26 / 05.01.2025
WP: Ukrainada o‘tgan yili 200 mingga yaqin odam urushga safarbar qilindi
00:33 / 13.12.2024