O‘zbekiston | 10:10 / 04.04.2023
9786
2 daqiqa o‘qiladi

Furqat Siddiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshladi

Furqat Siddiqov O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlardagi elchisi sifatida faoliyatini boshladi. Bu haqda uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Twitter / Furqat Sidiqov

"Bugun men elchi, protokol boshlig‘i Rufus Gifford bilan uchrashdim va ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdim. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik mustahkam ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish yo‘llari yuzasidan samarali suhbatlashdik", deydi Furqat Siddiqov.

3 mart kuni Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qullagandi.

Furqat Siddiqov 1971 yil 7 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. UzDaewoo Electronics QKda bosh mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida attashe (2002−2007), ushbu elchixonaning birinchi kotibi (2011−2015), O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi (2015−2020) lavozimlarida ishlagan.

Furqat Siddiqov 2020 yil mayda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan, 2022 yil noyabridan tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

2017 yildan buyon O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik missiyasini Javlon Vahobov boshqarib kelayotgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid