Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saqlash muddati o‘tib ketgan tovarlar aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
“Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi.
O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Jumladan: murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi; huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.
Mavzuga oid
07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
14:08 / 04.01.2025
Delbyof illyuziyasi: zararli ovqatlar va ortiqcha iste’molga bo‘lgan moyillik miyada qanday shakllanadi?
09:31 / 11.11.2024