Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekiston eksportini rivojlantirish strategiyasini tayyorlashda yordam beradi
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha joriy etilayotgan loyihalar doirasidagi navbatdagi vazifalar muhokama qilindi.
O‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlar turlarini yanada kengaytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan tomonlar O‘zbekiston eksport salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tayyorlash doirasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.
Uchrashuvda mamlakat hududlari infratuzilmasini rivojlantirish va sanoat salohiyatini oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. BAA tomoni iqtisodiyotdagi davlat ulushini qisqartirish bo‘yicha islohotlar yangi bosqichini yuqori baholadi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va kommunal soha tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan shahar va tumanlar bosh rejalarini ishlab chiqishda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kengash tuzish zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
18:41 / 16.05.2025