Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi
Jamg‘arma mablag‘lari futbol infratuzilmasini yaxshilashga sarflanadi. O‘FA huzurida 14 ta futbol maktabi ochiladi. Shuningdek, sport sohasiga ajratilayotgan pullar sarflanishini nazorat qilish uchun 24 ta yo‘nalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, endilikda yoshlar o‘rtasida festival, forum, tanlov va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yagona yillik kalendar reja asosida o‘tkazish joriy qilinadi va bu bo‘yicha ma’lumotlar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib boriladi.
“Yoshlar daftari” orqali taqdim etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 2023-2024 yillarda 1,5 barobargacha oshiriladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidagi 3 ta davlat unitar korxonasi faoliyati maqbullashtirilib, ularning funksiyasi xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida sohadagi 24 ta yo‘nalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi.

Kelgusi yildan boshlab musobaqalarda qatnashadigan sportchilarning shaxsi va malakasini identifikatsiya kartalari orqali aniqlash tartibi joriy etiladi. Sportga homiylik ko‘rsatgan jismoniy shaxslarga chet ellardagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Buning uchun ular o‘rtasida lotereya o‘yinlari o‘tkaziladi.
Soha vakillarini qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda. Shuningdek, sportchilarga huquqiy, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tadbirlari ham nazarda tutilmoqda.
FIFAning maxsus dasturi asosida bog‘cha va mahallalarda “Ommaviy futbol”, o‘rta ta’limda “Maktablarda futbol” hamda oliy o‘quv yurtlarida “Talabalar ligasi” dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.
Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi, “Do‘stlik” stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etiladi. Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi.
Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.
Shavkat Mirziyoyev bu takliflarni qo‘llab-quvvatlab, tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
12:15 / 01.02.2025